Abdulqosim Firdavsiy

733

Abdulqosim Firdavsiy – jahon adabiyoti, madaniyatiga bebaxo qissa qo`shgan buyuk so`z san`atkori. Abdulqosim Firdavsiy Tusiy nomi bilan shuhrat qozongan. Firdavs (jannat bog’i) so`zidan olingan bo`lib, shoir Tusda (Eronda hozirgi Firdavs shahri) tug’ilgani uchun Tusiy deb yuritilgan.

Abdulqosim Firdavsiy 940-941 yilda Tabaron viloyatining Tus shahriga yaqin Boj qishlog’ida dunyogа keldi. Yoshlikdan xalq og’zaki ijodini, yozma adabiyot va tarixni, qadimgi afsona va rivoyatlarni, arab va pahlaviy (qadimgi eron) tillarini mukammal o`rgandi. 35 yoshida (975 y.) “Shohnoma” asarini yozishga kirishadi, hijriy 400 (meloddiy 1010-1011) yilda tugallaydi.

60 ming baytdan iborat bo`lgan “Shoxnoma”ni eron shohi Sulton Mahmudga taqdim etadi. Ammo asar Sulton Mahmudga ma`qul bo`lmaydi. Shundan keyin Firdavsiy Tabariston (Mazondaron)dan Iroqqa o`tib, Bag’dodda yashaydi, umrining oxirida vatani Bojga qaytib keladi, bir necha yil o`z bog;ida yashab, shu erda hijriy hisobi bilan tahminan 411-416 (meloddiy 1020-1026 yillar ) orasida vafot etadi.

“Shohnoma” mif va afsona, rivoyat va dostonlardan iborat bo`lib, unda “xalq qahramonligi, vatanparvarlik, chet el bosqinchilariga qarshi mardona kurash, markazlashgan feodal davlatni vujudga keltirish g’oyasi, adolatli shoh orzusi, yaxshilik va yomonlik kuchlari o`rtasidagt ziddiyat, samimiy sevgi va sadoqat, ma`rifatparvarlik, odob-axloqqa doir nasihatlar..”, “Firdavsiyning dunyoqarashi, istak-orzulari, xususan eposning bosh qahramoni Rustam obrazida mujassamlashgan”

Firdavsiy mehnat va mehnatsevarlik, ilm va bilim, aql va hikmat, sahovat va qimmat haqida fikr bildirib, kishilarni odil va oqil bo`lishga chorlaydi, zolimlik, qonxo`rlik, tanballik va qimmatsizlikni qoralaydi.

Firdavsiy mehnat va hayratni ulug’laydi. Uning fikricha, ishdan qochgan kishidan nom, or-nomus va jangovarlik ham yiroqlashadi. Jahonda mehnatsiz foyda yo`qdir, kimki, dangasa bo`lsa, unga boylik kelmaydi.. Yosh kishi dangasa bo`lsa, hayotning qalbi undan to`yadi (bezor bo`ladi).

Firdavsiy mehnat qilish bilan hunarni egallashni targ’ib qiladi, hunarning mohiyatini ta`riflab, odamlarga uch narsani orzu qilishni maslahat beradi.

Firdavsiy hunarni e`zozlaydi, hunar eng avvalo gavhardan yaxshi, hunar tajriba va matonat bilan qo`lga kiritilishini aytadi. Firdavsiyning ta`kidlashicha, inson qancha boylik egasi bo`lsa ham, agar u tajribasiz bo`lsa, u hunar egallay olmaydi.

Firdavsiyning uqtirishicha, aql va bilim har bir insonning fazilati va boyligidir. Firdavsiy har bir insonga pand-nasihatga va ibratli hatti-harakatlarga amal qilishni maslahat beradi. Uning ta`kidlashicha, har bir kishi eshitgan foydali so`zlarini unutmasligi kerak.

Umuman, Abdulqosim Firdavsiyning falsafiy, ijtimoiy, ahloqiy-ta`limiy qarashlari o`z davri va undan keyingi davr uchun ham muhim ahamiyatga ega bo`ldi, uning pand-nasihatlari hozir ham katta ahamiyatga egadir.